Darslar davomida sizga noldan ishchi chizmalar va maketlar yasash, interyer obyektlarni modellashtirish, ranglar kombinatsiyasi, asosiy elementlarni joylashtirish, yoritish, mijozlarni qanday topish va yana boshqa ko'p narsalar o'rgatiladi.
Zamonaviy kasbni egallashni istaganlar uchun ushbu kurs juda qiziqarli bo'ladi.
Sanjar Anvarov — “Interyer dizayn” kursi spikeri Interyer dizayn sohasida 8 yillik tajriba ega mutaxassis. Arxitektura va interyer dizayn sohasida “Invite Design”, “Index Group”, “Mamur Project” kompaniyalarida faoliyat olib borgan. Arxitekturaviy dizayner sifatida quyidagi dizayn loyihalarning muallifi yoki ularning hammuallif sifatida qatnashganlar: — Temiz shahrining yubeleyi arafasida Termiz shahrining bir necha koʻcha va binolarining dizayn dizayn konsepsiyasini ishlab chiqishda; — Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi (2022 yil) binosining tashqi dizayni konseptsiyasi; — Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari bosh binosining eskiz loyihasi va dizayn konseptsiyasi. Bundan tashqari koʻplab loyihalarda koʻrgazma pavilyonlari (Artel), kafe (Breadly), restoran, ofis (Texnoplaza) va kovorking (Ground Zero) hududlarni bundan tashqari xususiy uy va kvartiralarning dizaynini ishlab chiqishda qatnashganlar. Ustozimiz oʻzlarining shaxsiy va professional koʻnikmalarimni doim oshirib borishga harakat qiladilar. Qurilish va dizayn boʻyicha trening va vebinarlarda hamda shaxsiy rivojlanish uchun kerak boʻlishi mumkin boʻlgan kurslarga ham qatnashadilar.
3D Motion dizayn – bu 3D obyektlarni harakatlantirish orqali jonli va dinamik vizual roliklar yaratish san'ati. Kursimizda siz Cinema 4D, After Effects, Arnold Render va Photoshop dasturlarini mukammal o‘rganib, animatsiya, vizual effektlar va harakatli grafika yaratish bo‘yicha keng ko‘nikmalarni egallaysiz. Grafik dizayner bo’lsangiz, sohaviy o’sishga ega bo’lasiz.
Moushn dizayn – bu grafik dizayn tamoyillari bilan bogʻliq boʻlgan animatsion grafikalarni yaratish jarayoni.
Kurs oxirida siz reklamalar, kino, video oʻyinlar, YouTube kanallar va boshqa media sohalari uchun moushn grafikalar yaratish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- 2D, 3D grafikalari, CG va VFX asoslari;
- Shakllarning animatsiya asoslari;
- Modellashtirish asoslari;
- Ranglar va kompozitsiyalar bilan ishlash;
- Yoritish va kameralarni joylashtirish;
- Materiallarga tekstura berish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Bizning mintaqada endi rivojlanib ertaga eng talabgor bo'lishi kutilayotgan kasblardan biri bu 3D animatorlikdir.
3D elementlar va qahramonlarni harakatlantirish 3D animatsiya yoʻnalishida oʻrgatiladi. Uni harakatga keltiradigan inson esa 3D animator hisoblanadi.
Qahramonlarning harakatda oʻzini qanday tutishi, quvonchli yoki qaygʻuli vaqtda oʻzida qanday xarakter koʻrsatishi, aynan uning animatsiyasiga bogʻliq boʻladi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- 3D qahramonni oʻylab topish va uning modeli yasash;
- Qahramonni teksturing, rigging va animatsiya qilish;
- Animatsiyaning 12ta asosiy prinsiplari;
- Tananing turli murakkab mexanikalarini harakatlantirish animatsiyasi;
- Tayyor materiallarni render, kompozing qilish;
- Yakuniy natijaga erishish uchun videomontaj qilish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Umumiy qilib aytganda, endilikda, oʻquvchilar kursni bitirib noldan qisqa metrajli 3d animatsion filmlar yarata oladi.
3D Motion dizayn – bu 3D obyektlarni harakatlantirish orqali jonli va dinamik vizual roliklar yaratish san'ati. Kursimizda siz Cinema 4D, After Effects, Arnold Render va Photoshop dasturlarini mukammal o‘rganib, animatsiya, vizual effektlar va harakatli grafika yaratish bo‘yicha keng ko‘nikmalarni egallaysiz. Grafik dizayner bo’lsangiz, sohaviy o’sishga ega bo’lasiz.
Moushn dizayn – bu grafik dizayn tamoyillari bilan bogʻliq boʻlgan animatsion grafikalarni yaratish jarayoni.
Kurs oxirida siz reklamalar, kino, video oʻyinlar, YouTube kanallar va boshqa media sohalari uchun moushn grafikalar yaratish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- 2D, 3D grafikalari, CG va VFX asoslari;
- Shakllarning animatsiya asoslari;
- Modellashtirish asoslari;
- Ranglar va kompozitsiyalar bilan ishlash;
- Yoritish va kameralarni joylashtirish;
- Materiallarga tekstura berish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
- Interyer dizayner - bu aktual kasblardan biri bo'lib kelmoqda. Bundan tashqari, bu kasb sizga masofadan turib ishlash imkonini beradi.
Interyer dizayn — insonlar uchun qulay va estetik jihatdan yoqimli taʼsirni taʼminlash maqsadida, binolarning ichki muhitini yaratishga asoslangan dizayn sohasi.
Interyer dizaynerlar kompyuter grafikasi yordamida inshootlar ichki muhitini ya’ni interyerini ishlab chiqishadi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- AutoCAD, 3ds Max va Corona Renderer dasturlarida ishlash;
- Loyihalarning 3D vizualizatsiyasini tayyorlash;
- Interyer dizayn chizmalarini chizish;
- Modellashtirish, teksturalash, vizualizatsiya;
- Interyerda ranglar psixologiyasi;
- Mijozlar bilan ishlash kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Interyer dizayn kursida siz nafaqat dizayn koʻnikmalarini oʻrganasiz, balki sanoat qanday ishlashini, ish qidirish va mijozlar bilan munosabat oʻrnatishdagi maslahatlarga ham ega boʻlasiz.
Shuningdek, kurs davomida biz siz uchun qurilayotgan turli obyektlarga ekskursiyalarni tashkil qilamiz, buning yordamida siz oʻzingizning loyihalaringizni qanday hayotga tatbiq etilishini tasavvur qilishingiz mumkin boʻladi.